Alisher Navoiy korpusi
"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati
Vahsh xaylin dasht aro men telbai mahzun sari, Om g‘avg‘osi xayol et shahr aro Majnun sari. (617-g‘azal, 1-bayt)
Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi
Turfa ko‘rkim, nosihim Farhod ila Majnun erur, Bul-ajab holimg‘a boqib tog‘ ila homun sari. (617-g‘azal, 4-bayt)
Farhod – “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi
Dashti vahshig‘a anis o‘lsam Navoiydek, ne tong, Ul pariy savdosi chun Majnunmisol etmish meni. (619-g‘azal 7-bayt)
Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqab
Majnung‘a yo‘luqti, manga g‘am dashtida itkan Majnun demakim, g‘uli biyobong‘a yo‘luqti. (620-g‘azal, 4-bayt)
Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi
So‘rg‘ali kelsa Masihim boshima domankashon, Ul etakdin kim olaolg‘ay bu bemor ilgini? (623-g‘azal, 5-bayt)
Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan
Ne chog‘lig‘ toshkim Farhod ushotti, Falak borin yig‘ib boshimg‘a otti. (627-g‘azal, 1-bayt)
Farhod – “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi