Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Mening afsonam erdi bul-ajabroq, Necha Majnun so‘zin roviy uzotti. (627-g‘azal 2-bayt)

Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Dasht aro Majnun demayinkim, vuhush, Keldilar aylarga tamosho meni. (639-g‘azal, 3-bayt)

Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqab

Kimki meni o‘lturur, ul tirguzur, Yo‘qsa qochar, ko‘rsa Masiho meni. (639-g‘azal, 5-bayt)

Masiho – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Guldin ul gulrux isin topqach Navoiy ochti ko‘z, Uylakim, Ya’qub ko‘nglakdin mahi Kan’on isi. (644-g‘azal, 9-bayt)

Ya’qub – payg‘ambarlardan biri

Jon labing shavqidin ogah bo‘lg‘ali aylar Masih, Jon berur chog‘da tavajjuh joni ogohim sari. (645-g‘azal, 5-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

O‘qi zaxmin tan aro ul yuz xayoli yorutur, Uylakim, Yusuf jamoli ravshan etkay chohni. (647-g‘azal, 3-bayt)

Yusuf – payg‘ambar, Ya’qub alayhissalomning o‘g‘li