Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Va’dai vasl etsa ul shirin sanam, g‘am tog‘ini Qozg‘amen, tirnog‘larimni teshai Farhod etib. (58-g‘azal, 4-bayt)

Farhod – “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi

Yiqilg‘an ishq aro, sihhat tama’ qilma Masihodin, Ki bu bemorlig‘din kimsa qo‘pqon yo‘q, davo aylab. (59-g‘azal, 4-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan

Safoli faqr ol, jon -u jahon naqdin berib, garchi Kishi Jamshid jomin sotqin olmaydur, baho aylab. (59-g‘azal, 5-bayt)

Jamshid – peshdodiylar sulolasiga mansub uchinchi podshohning ismi. Jahonnamo jomi bo‘lgan

Kuysalar Farhod-u Majnun ishqdin afsona deb, Zohir etmaslar manga ul nuktani, devona deb. (64-g‘azal, 1-bayt)

Farhod – “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin hukmdorining o‘g‘li, Shirinning sevgilisi Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Taxtu johing kishvari mulki Sikandar bo‘ldi, tut, Xizr umri ham bu mulk uzra muyassar bo‘ldi, tut. (69-g‘azal, 1-bayt)

Sikandar – o‘z davrida Yer yuzining yagona hukmdori bo‘lgan mashhur shoh Xizr – diniy manbalarga ko‘ra, doimiy tirik payg‘ambar

Buyla mulk-u umrdin so‘ng jin-u ins-u vahshu tayr Hukm-u amringg‘a Sulaymondek musaxxar bo‘ldi, tut. (69-g‘azal 2-bayt)

Sulaymon – islomiyatdan avval o‘tgan payg‘ambarlardan biri. Dovud payg‘ambarning farzandi