Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan talmeh san`ati

Habib ishqi aro buki o‘lmading, ey Xizr. Ichib hayot suyi, zoyi’ aylading avqot. (74-g‘azal, 4-bayt)

Xizr – diniy manbalarga ko‘ra, doimiy tirik payg‘ambar

Quyoshqa kimki yuzung borida qilur sajda, Parastish aylamak anga Iloh ollida Lot. (74-g‘azal, 5-bayt)

Lot – Makka mushriklarining buti

Bo‘lsa tobe’ Vomiq-u Majnun, ne tongkim, aylamish Ishq tug‘rosin qazo kilki mening shonimda sabt. (79-g‘azal, 4-bayt)

Vomiq – Unsuriyning “Vomiq va Uzro” dostonidagi oshiq yigit Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramonlaridan Qaysning laqabi

Ne o‘qirsen qissada Ya’qub huzninkim, erur Oncha yuz bir oy g‘amidin bayt ul-ehzonimda sabt. (79-g‘azal, 7-bayt)

Ya’qub – payg‘ambarlardan biri. Yoridan ayru qolgan oshiq timsoli

La’li no‘shi birla yuz yillig‘ o‘lukka ruhbaxsh, G‘amza nishidin Masih-u Xizrg‘a qotil yigit. (80-g‘azal, 2-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a.) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan Xizr – diniy manbalarga ko‘ra, doimiy tirik payg‘ambar

Vah, ne muhlik hol erur jonimg‘a la’ling hajrida, Kim solur daf’ig‘a anfosi Masihi Maryam o‘t. (82-g‘azal, 5-bayt)

Masih – Payg‘ambar Iso Masih (a) ning laqabi. Barcha dardlarga nafasi bilan shifo bergan, o‘likni tiriltirish mo‘jizasi sohibi bo‘lgan Maryam – islomiyatdan avval o‘tgan Iso Masih (a) ning onasi