Umrg‘a hech e’timode yo‘qtur, ey g‘ofil ko‘ngul, Oy-u yilni necha mast o‘tkargasen, bir ham oyil. (382-g‘azal, 6-bayt)
oy, yil
Necha ul kirpik sinonig‘a Navoiy ko‘nglini, Har zamon ilg‘aysen, ey badmehr, ani bir ko‘zga il. (382-g‘azal, 7-bayt)
kirpik, ko‘z
Ey qadah, qon yutmag‘imni majlisinda sog‘inib, Cheksa gulgun boda ul gulbargixandon, yig‘lag‘il. (385-g‘azal, 4-bayt)
qadah, boda,
Ey Navoiy, bel-u og‘zidin sanga yo‘qtur nasib, Xoh paydo nola chekkil, xoh pinhon yig‘lag‘il (385-g‘azal, 7-bayt)
nola chekkil, pinhon
Hajr o‘qidin, ey ko‘ngul, har yon qanotlar soz qil, Ul pariy vasli havosin istabon parvoz qil. (386-g‘azal, 1-bayt)
qanotlar, parvoz
Gar begonamassen Navoiyning nihoniy dardini, Yona, ey ishq, ohi birla ashkini g‘ammoz qil. (386-g‘azal, 7-bayt)
dard, oh, ashk
Tig‘i hijroning bila ko‘nglumni yuz parkand bil, Har birin yuz yoraliq bag‘rimg‘a bir payvand bil. (387-g‘azal, 1-bayt)
yuz, bir
Oy-u kun gar volidayi o‘lsa ul afzun husn aro, Ayb emas, ikki sadaf qadur kibi farzand bil (387-g‘azal, 3-bayt)
oy, kun
Husnig‘a o‘xshatting, ey gardun, quyoshingni, valek Oy anga monanddek, ani munga monand bil. (387-g‘azal, 5-bayt)
gardun, quyosh, oy
Rangi la’li gard urur qonlig‘ mujam, tokim erur Busma birla qoshi minotusluqi yodek yashil. (388-g‘azal, 3-bayt)
vusma, qosh
Istamas bo‘lsa qora el ro‘zgorin ul quyosh, Hullasin bas nevchun etmish charxi xazrodek yashil. (388-g‘azal, 4-bayt)
qora, yashil
Yuziga, anglamadimkim, niqob erur hoyil, Quyosh jamolig‘a yoxud sahob erur hoyil. (389-g‘azal, 1-bayt)
quyosh, sahob
Uzori ustida kokilmu bo‘ldi oshufta, Yo‘q ersa gul yuziga mushki nob erur hoyil. (389-g‘azal, 2-bayt)
uzor, kokil, gulyuz
O‘qung ko‘runmas esa pora-pora ko‘nglum aro, Ne tongki, six ko‘rarga kabob erur hoyil. (389-g‘azal, 3-bayt)
six, kabob
Navoiy, aylama ko‘rmak xayol ul gulni Ki, bargdin yuziga behisob erur hoyil. (389-g‘azal, 7-bayt)
barg, gul
Orazingni bog‘arochun ko‘rdi, hayron bo‘ldi gul, Bargsiz qoldi, nedinkim, bas parishon bo‘ldi gul. (390-g‘azal, 1-bayt)
bog‘, gul, g arg
Gul-u zorim kishvari husn ichra bo‘ldi podshoh, Rostandoqkim, chaman mulkida sulton bo‘ldi gul. (390-g‘azal, 3-bayt)
chaman, gul
Sayri bog‘ aylarda davron chashmi zaxmi daf’ig‘a, Har taraftin chobukum davrida qalqon bo‘ldi gul. (390-g‘azal, 4-bayt)
bog‘, gul
Kecha-kunduz qilma gulbongingni bas, ey andalib Kim, sanga besh kun bu gulshan ichra mehmon bo‘ldi gul. (390-g‘azal, 6-bayt)
andalib, gulshan, gul
Otashin gul g‘unchasidur o‘tlug‘-u qonliq ko‘ngul, Zor bulbul tumshug‘i chokidin afg‘onliq ko‘ngul. (391-g‘azal, 1-bayt)
gul, g‘uncha, bulbul
To bo‘lub yuz pora, har bir pora zulfung toridin Birga bog‘landi, base topti parishonlig‘ ko‘ngul. (391-g‘azal, 4-bayt)
yuz, bir
G‘unchalar ermasti konlar ichrakim, ushshoqdek Charxdin ko‘rguzdi ul ham nechalay konlig‘ ko‘ngul. (391-g‘azal, 6-bayt)
g‘uncha, tikon
Turfa bukim, Bulbashar keldi atolarg‘a ato, Lek Bulqosim dedi farzand ani bevahmu biym. (393-g‘azal, 6-bayt)
ato, farzand
Necha hijrondin buzug‘ ko‘nglumda bo‘lg‘ay dam-badam G‘am uza g‘am, dard uza dard-u alam uzra alam. (394-g‘azal, 1-bayt)
g‘am, dard, alam
Sabr ozi din azob, anduh ko‘pidin iztirob, Ashkdin seli balo, oh o‘tidin har dam alam. (394-g‘azal, 3-bayt)
azob, anduh, iztirob, ashk, oh, alam
Barcha bir sori, mangav-u yor za’fi bir sari, Kosh anga sihhat bo‘lub, bo‘lg‘ay manga yuz muncha g‘am. (394-g‘azal, 5-bayt)
bir, yuz
Ey Navoiy, sharhi holimni dedim irsol etay, So‘zidin ham safhag‘a o‘t tushti, ham kuydi qalam. (394-g‘azal, 7-bayt)
o‘t tushti, kuydi
Subhidam gul yoqti sham’-u lola zohir qildi jom, Ya’ni yoqib sham’, ol jomi sabuhiy birla kom. (395-g‘azal, 1-bayt)
gul, lola
Jomi gulgun xushturur bir sarvqad sho‘x ilgidin, Ul nafaskim, tong eliding gulag sarv aylar salom. (395-g‘azal, 2-bayt)
gul, sarv
Gul arusig‘a berur ziynat chaman mashshotasi, Su bila har subh to bo‘lmish zilol oyinafom. (395-g‘azal, 6-bayt)
gul, chaman
Shod bo‘lkim, ikki olam komi Arzimaskim, egasen bir dam g‘am. (396-g‘azal, 8-bayt)
ikki, bir
Ne araqdurkim, ichinda g‘arqadur nozuk taning, Bargi guldekkim, gulob ichra cho‘mar sar to qadam. (397-g‘azal, 4-bayt)
barg, gul, gulob
Sarvg‘a bog‘ ichra har yon jilva qilmoq xushturur, Soyadek nevchun yotibdur sarvi gulzori Eram. (397-g‘azal, 5-bayt)
sarv, bog‘, gulzori eram
Mutrib, navoyi kom tut, mug‘ dayrida orom tut, Soqiy, labolab jom tutkim, qasdi jonim qildi g‘am. (398-g‘azal, 6-bayt)
mug‘dayri, soqiy, jom
Berganga g‘am dahri dani mayxona basdur maskani Kim, boda daf’ aylar ani,yetsa kishiga har alam. (398-g‘azal, 7-bayt)
mayxona, boda
Bu chaman savsan-u sarvig‘a baqo chun yo‘qtur, Bo‘lsa gul gashtidin oning, neajab, ikrohim. (399-g‘azal, 6-bayt)
chaman, sarv, gul
Ayoqchi mahvash-u may dilkash-u ahli tarab sarxush, Qadah kelturki, qilmoq porsoliq yo‘qtur imkonim. (400-g‘azal, 7-bayt)
ayoqchi, may, qadah
Ne yanglig‘ yoshuray hijron g‘aminkim, fosh etar har dam, Og‘izdin shu’laliq ohim, nazardin ashksiz qonim. (402-g‘azal, 3-bayt)
hijron, g‘am, oh
Qading naxli xayoli ko‘zdadur, ey navbahori husn, Maozolloh, agar ani qo‘ngarg‘ay sayli mujgonim. (402-g‘azal, 5-bayt)
qad, ko‘z, husn, mujgon
Dema jomi fano ichra ezilmishtur ajal zahri, Navoiy, jon berib, ul jomni chekmakdur armonim. (402-g‘azal, 9-bayt)
fano, ajal, jon bermoq, zahar
Biravni ko‘z ko’rub, ko‘nglum asir o‘lg‘anni yoshursam, Gah ashkim imtidodi fosh etar, gah ohi nogohim. (403-g‘azal, 4-bayt)
ko‘z, ko‘ngil, nigoh
Junundin uyla tufrog‘ o‘ldi jismi ranjparvardim Ki, har tosh ursalar atfol jismimg‘a, chiqar gardim. (404-g‘azal,1-bayt)
tufrog‘, tosh, gard
Payopay ne ekin abri bahordin choqin tushmak, Bulut uzra bir uchqun soldi go‘yo shu’lai dardim. (404-g’azal,4-bayt)
abri-bahor, bulut,
Quyundek gar talab dashtida yo‘q men yetmagan vodiy Ne g‘am, sargashtalikda uchrasa mohi jahongardim. (404-g‘azal, 5-bayt)
dasht, vodiy
Ey, yuz-u qadding oshiqi gul-u sarvi ravon ham, Munung ichida o’qdur, aning bag‘rida qon ham. (405-g‘azal,1-bayt)
yuz-u qad, bag‘ir, qon
Ko’nglum kibidur g’uncha, ekan lolaki bordur, Paydo toshida qon, ichida dog‘i nihon ham. (405-g‘azal, 4-bayt)
g‘uncha, lola
Gah bul-ajab ahvolima, gah dardima bo‘lmish Ul ko’yida har kechaki g‘avg‘ovu fig‘on ham. (405-g‘azal, 5-bayt)
dard, fig‘on
Bag’rim-u ko’nglum itiga to’maliq dushvor edi, Shukrkim, chok o’ldi ishqing tig‘i birla ko‘kragim. (406-g‘azal, 2-bayt)
bag‘ir, ko‘ngil, ko‘krak
Dard ko’rkim, dev siyratlar bilandur ul pariy, Garchi bor andin malak xaylig‘a dog‘i tergakim. (406-g‘azal, 6-bayt)
dev, pariy, malak
Yuz pora bag‘rima tish urar men yutarda qon, Bu bo‘lsa may, ne tong, alar o‘lmoq gazaklarim. (407-g‘azal, 6-bayt)
bag‘ir, tish,qon
Ul quyosh vaslin tilarda po‘yam ul g‘oyatdadur Kim, emas mumkinki, bir kun soya bo‘lg‘ay hamtakim. (408-g‘azal, 2-bayt)
quyosh, soya
Nasime g‘uncha ichidin chu yoydi gul atrin, Dimog‘larg‘a yetardin ne chora, ey hamdam. (409-g‘azal, 2-bayt)
g‘uncha, gul
Zor ko’nglumga agar boqib ani zor aylading, Joni bemorimg‘a ham boq, jismi afgorimg‘a xam. (411-g‘azal, 3-bayt)
ko‘ngil, jon, jism
Halokim ul qad-u yuzdin chu bo’ldi, tufrog‘im uzra Bo’lur, chu sarv uza gul egilsa, sham’i mazorim. (412-g‘azal, 5-bayt)
sarv, gul; tufrog‘, mozor
Etti charx avroqi to‘lg‘ay, yetti bahr o‘lsa midod, Ul quyosh vaslig‘a bir damliq xayolimni desam. (413-g‘zal, 2-bayt)
charx, bahr
Chunki kozibdur munajjim o‘ksa mehrin ordur, O‘truda ul axtari farxunda folimni desam. (413-g‘azal, 4-bayt)
munajjim, fol
Rind emasmen dayr aro, gar jomi Jamdin o‘tsa so‘z, May gadolig‘ qilg‘ali sing‘an safolimni desam. (413-g‘azal, 6-bayt)
jomi jam, may
G‘amingdin uyla o‘luklar hisobi bo‘lmishmen, Ki hujra madfan-u idbor gardidur kafanim. (414-g‘azal, 2-bayt)
o‘luk, kagfan
Agarchi yuz tikan ul g‘amza tikti bag‘rimg‘a, Yuz ochsang, ochg‘usi yuz gul bag‘irda har tikanim. (414-g‘azal, 5-bayt)
tikan, gul
Dahr bog‘idin, ko‘ngul, naf’i vafo ko‘z tutmakim, Besamardur sarv ham, sarkashdurur shamshodi ham. (415-g‘azal, 5-bayt)
bog‘, sarv, shamshod
Men kim-u vasl, ani xoslaringg‘a yetkur Kim, Navoiyg‘a yetar hajr aro bedod-u sitam. (416-g‘azal, 7-bayt)
hajr, sitam
Ey Navoiy, sarv birla gulni naylay, chunki men Volai bir gul uzori sarv raftor o‘lmisham. (417-g‘azal, 9-bayt)
gul, sarv
Hino yoqg‘an kibi jismimg‘a marhamni suvadiklar, Ki boshtin to oyoq hajr o‘qlari birla yaro bo‘ldum. (418-g‘azal, 5-bayt)
jism, bosh, oyoq
Manga ham oshno begona ham begona xasm o‘ldi, Ham ul chog‘dinkim, ul begonavashqa oshno bo‘ldum. (418-g‘azal, 2-bayt)
oshno, begona, xasm
Mehri gardun chamani vardidurur, Kim erur ko‘zga yuzungdek gulfom. (421-g‘azal, 4-bayt)
ko‘z, yuz
Qush qochar sayyod domidin, ajab qushmenki, men Zulfin istab orzui domi sayyod aylaram. (421-g‘azal, 5-bayt)
sayyod, dom, qush
Ko‘nglum o‘tinki sharh qilurmen, bo‘lur samum, Ul gulga tong nasimi gar etsa risolatim. (423-g‘azal, 5-bayt)
samum, nasim
Ul gul harimi gulshanida bir giyoh edim, Nav’e qo‘ngardi hajrki, qolmadi qirtishi. (424-g‘azal, 6-bayt)
gul, gulshan, giyoh
Gar o‘ltursang meni, qil tig‘ ila qatl Ki, bo‘lsun ko‘yunga og‘ushta qonim. (425-g‘azal, 2-bayt)
tig‘, qatl, qon
Firoq dashtida tufroq bo‘lub edi boshim, Ko‘tarmasa edi tufrog‘din ani yoshim. (426-g‘azal, 1-bayt)
dasht, tufroq
Qaysi Majnun sog‘olur, ko‘rsa meni telba bo‘lur, Telbalar xaylig‘a sarmoyayi savdo bo‘ldum. (427-g‘azal, 3-bayt)
sarmoya,savdo
Gohi eng uzra, gah tim-tim ko‘runur ko‘z yoshim, Ishq bog‘i aro shohi guli ra’no bo‘ldum. (427-g‘azal, 5-bayt)
bog‘, guli ra’no
Charx makr-u fitnasidin g‘ofil o‘lmang zinhor, Chunki bu shohid base fatton erur, makkora ham. (428-g‘azal, 6-bayt)
fitna, fatton, makkora
Soqiyo, tut bodakim, ko‘prak meni mabhut etar, Nechakim andishai bu korxona aylaram. (429-g‘azal, 6-bayt)
soqiy, boda , mabhut
Tushkali jonima bemor ko‘zung hijroni, O‘lgudek menki, base sa’bdurur xastalig‘im. (431-g‘azal, 2-bayt)
bemor, o‘lgudek, xastalig‘
CHun xayoling ko‘zda mehmon o‘ldi, may qon yosh o‘lub, Bag‘lag‘an kirpikda qonlardek kabobe topmadim. (432-g‘azal, 5-bayt)
ko‘z, kiprik, qon
Xilvat eldin yoshurun, xilvat aro tan yoshurun Tanda jon yanglig‘ seni jon ichra pinhon aylasam. (433-g‘azal, 2-bayt)
tan, jon
G‘am tuni bildim bo‘lur oshiqning ohu ashki, lek Ul biri sarsar, bu bir to‘fon ekanni bilmadim. (436-g‘azal, 6-bayt)
oh-u ashk, oshiq
Yangi o‘rgandi ko‘ngul bulbuli ul gul yuziga, Tong emastur, agar ul qushni nav’omuz dedim. (437-g‘azal, 5-bayt)
bulbul, qush
Dargahing arshdurur, anda maloyik, ne ajab, Zikr-u tasbih debon surtsa har sari jabin.(438-g‘azal, 5-bayt)
arsh, maloyik; zikr, tasbeh
Bizga ul oy hajridin bir yilchadur har tiyra tun, Kunduzin angla bu tundin ham qorong‘u, ham uzun. (439-g‘azal, 1-bayt)
oy, tun, kunduz
Kimki oshiqlik asiridur, taxayyul birla ham Ishq ko‘yida o‘zin osuda xotir ko‘rmasun.(440-g‘azal,6-bayt)
oshiqlik, ish
Nolam andoq bo‘ldi, bag‘rin yorasi islang‘ali Kim, yonimdan o‘tmas, el tutmay quloq birla burun. (441-g‘azal, 5-bayt)
bag‘ir, quloq, burun
Chin-bachin zulfung tushar el bo‘ynig‘a, yuz voykim, Bizni chun ko‘rdung — tushar qoshing uza chin uzra chin. (444-g‘azal, 3-bayt)
zulf, bo‘yin, qosh
Yuz-u zulfung hajridin har tun sirishkim kavkabi Charx yanglig‘ ko‘rguzur sunbul uza bargi suman. (445-g‘azal, 4-bayt)
sunbul, barg, suman
Ko‘ngul saydi ko‘zungdin chun qutulmas, Ne mundu tuzdilar ul xayli mujgon. (446-g‘azal, 5-bayt)
ko‘ngul, ko‘z, mujgon
Bo‘ynuma yetkurding ilgin tig‘ urarg‘a, ey sipehr, Men xud ul ermanki, ilgim bo‘ynig‘a yetkurgasen.(447-g‘azal,3-bayt)
bo‘yin, ilig,
Ey falak, bu kecha ul oy bilamen, Subhning bir nafase asra damin. (448-g‘azal, 5-bayt)
falak, oy, subh
G‘amingda buzdi ko‘ngul xonumonini hijron, Tarahhum aylamading xonumoning obodon. (449-g‘azal, 1-bayt)
g‘am, hijron
Mening vaslim kunin chun xajri shomi ayladi tiyra, Ne sud ar yor orazdin olur zulfi sumansoyin. (450-g‘azal, 3-bayt)
oraz, zulf
G‘amim xayli tuz etti tog‘ni, tog‘ etti sahroni, Bu homun birla tog‘ erdiki, bo‘lmish tog‘ ila homun. (451-g‘azal, 3-bayt)
tog‘, sahro
Erur sargashta xoki tan aro majnun ko‘ygul har yon, To‘n etkandek quyundin jismig‘a Majnuni sargardon. (452-g‘azal,1-bayt)
xok, quyun
Ko‘p, ey gul, urma bulbul jonig‘a bedod xorinkim, Sen-u mendek gul-u bulbulni ko‘p o‘tkardi bu bo‘ston. (452-g‘azal, 8-bayt)
gul, bulbul, bo‘ston
Ishqing o‘tig‘a quruq jismim o‘tun, Ko‘ngul axgardur anga, oh-tutun. (453-g‘azal, 1-bayt)
o‘t, axgar, tutun
Soqiyo, muhlik xumorim uzrig‘a solma quloq, Bir qadahni og‘zima quyg‘il qulog‘im to‘lg‘abon. (454-g‘azal, 9-bayt)
quloq, og‘iz
Vafo bog‘ida tufrog‘ o‘ldum, ammo, voykim, tushmas Gahe bir gul bu tufrog‘ ustiga sarkash niholingdin. (457-g‘azal, 2-bayt)
bog‘, tufrog‘gul, nihol
Sirishkim ayladi aflok javfini mamlu, Kishi ne so‘z degay aning qoshida to‘fondin. (458-g‘azal, 2-bayt)
aflok, to‘fon
Qon yoshim sayliki tutmish dasht birla tog‘ni, Arg‘uvon-u loladin o‘zga ne butkay ul sudin. (459-g‘azal, 5-bayt)
dasht, tog‘, lola
Bo‘lsa yuz jonim berib o‘lmakni olsam, muft erur, Jong‘a mundoqkim yetar yuz tig‘i qotil har zamon. (460-g‘azal, 9-bayt)
jon, o‘lmak, tig‘i qotil
Xo‘blar oshiqlarig‘a mehrin etkan chog‘da arz, Lofdur, har neki sen dersen muhabbat bobidin. (461-g‘azal, 5-bayt)
oshiq, mehr, muhabbat
Har qatra qonki tomdi ko‘ngul toza dog‘idin, Bir toza lola ochti g‘aming hajr tog‘idin. (462-g‘azal, 1-bayt)
lola, tog‘
Ayoq izzat bila bos yergakim, har sabzav-u lola Nishon bir yuz gulidin aytur-u bir xat g‘uboridin. (463-g‘azal, 7-bayt)
sabza, lola, yer, gul
Ne tong, siymob yanglig‘ oqsa ko‘zdin siymgun ashkim Ki, siymob aylamish hush-u xirad bir siymbar mendin. (464-g‘azal, 7-bayt)
siymob, siymgun, siymbar
Zulf-u qadding furqatidin necha qilsam gashti bog‘, Ovuna olmon chamanning sunbul-u shamshodidin. (465-g‘azal, 3-bayt)
bog‘, chaman, unbul, shamshod
Yuz ochib, bildirdi qad birla sochi teng erkanin, Zohir o‘lg‘ondek tun-u kun tengligi navro‘zdin. (466-g‘azal, 2-bayt)
tun-u kun, navro‘z
Jomi mayda bo‘ldi chun ul but jamoli jilvagar, Kofiri ishq o‘lg‘amen, gar bosh ko‘tarsam jomdin. (467-g‘azal, 6-bayt)
may, jom
Gar ko‘rmading shafaq uza xurshid, ey ko‘ngul, Ehsos qil ani yuz-u gulgun qabosidin. (468-g‘azal, 2-bayt)
shafaq, xurshid
Uchurki, ey quyun, ul oy boshig‘a evrulayin, Bu damki yo‘lida tufroq birla yaksonmen. (469-g‘azal, 2-bayt)
quyun, tufroq, oy
Shahr-u kishvar, xonumon, ikki jahon-u, umr-u jon, Xud ne bo‘lg‘ay, muncha yuz kom o‘lsa, andin kechkamen. (470-g‘azal, 3-bayt)
shahar-ukishvar, xonumon, jahon
Har tarafkim borur ag‘yor ila jonon talashurmen, Chun ajal qasd qilur o‘lmakima, jon talashurmen. (471-g‘azal,1-bayt)
ajal, jon, o‘lmak
So‘zlashurda o‘z-o‘zum birla junun ahli kibi, Ul parivash bel-u og‘zi, qilu qoli birlamen. (473-g‘azal, 2-bayt)
bel-u og‘iz, qil
Obi hayvon ichmagaymen istabon daf’i xumor, Menkim ul maygun labi jonbaxshdin maxmurmen.(474-g‘azal, 5-bayt)
aygun, xumor, obi hayvon
Yuzungda xollar ermas, ko‘zung g‘azolidur, Ki tushti nofasidin qatra mushki tar har yon. (475-g‘azal, 4-bayt)
yuz, xol, nofas, ko‘z
G‘aming tunida kuyub sham’dek saharg‘a degin, O‘zumga uyquni aylab harom, yig‘larmen. (478-g‘azal, 2-bayt)
tun, uyqu
Yuz agar ochsang, nazarning qushlarin sayding qilay, O‘q agar otsang, ko‘ngul saydin shikoring aylayin. (480-g‘azal, 3-bayt)
qush, sayd, o‘q, shikor
Toki ko‘nglum itti-yu forig‘ bo‘lubmen dardidin, Ishq aro ko‘nglin iturgan xayli forig‘bolimen. (481-g‘azal, 3-bayt)
ko‘ngil, dard, ishq
Qaddida gulgun libos ermaski, ustodi azal Bargi guldin hulla qilmish sarvi ra’nosi uchun. (483-g‘azal, 4-bayt)
bargi gul, sarvi ra’no
Chun dilbari kirpiklar o‘qi har sari otqan, A’zosi aro har sarimo‘ nishtar o‘lg‘an. (488-g‘azal, 2-bayt)
o‘q, nishtar
Gulruxlar aro chunki so‘rarsen, xabar aytur Eskan gul-u sarv uzra nasimi saharidin. (490-g‘azal, 3-bayt)
gul, sarv, nasim
Ochildi chun eshiklar dayrg‘a, may ichmay o‘ldum mast, Nechukkim ahli rahmat jannat abvobi sariridin. (492-g‘azal, 6-bayt)
may, mast
Hind-u o‘ldum, hajr etkach ro‘zgorimni qora, Yo balog‘a nuqta, yo anduh yuziga xolmen. (493-g‘azal, 5-bayt)
yuz, xol
Men ichib mayxonada may, jannat-u kavsar so‘zin Voiz aytib, bo‘lmadi ko‘ngli malul afsonadin. (494-g‘azal, 6-bayt)
mayxona, may; jannat, kavsar
La’li ul kofirning elga jon bag‘ishlar, ey Masih, Necha anfosing bila da’vo-yu e’joz etkasen. (495-g‘azal, 4-bayt)
jon, anfos
Yuzi gul, zulfi sunbul, og‘zi g‘uncha, qomati savsan, Nazohatda uyatlig‘dur behisht aning bahoridin. (498-g‘azal, 2-bayt)
gul, sunbul, guncha, savsan
Anglag‘ach qatl aylar erdi, shukrkim, bilmas kishi Bazmi g‘avg‘osi aro ahli musibat shevanin. (499-g‘azal, 5-bayt)
g‘avg‘o, musibat
Ey visol ahli, siz-u izzat bisoti uzra aysh Kim, yetibdur bizga qismat ishqdin hajr-u havon. (500-g‘azal, 6-bayt)
visol, aysh, ishq
Suda gul barglar oqqon masallik la’li hajrinda, Oqar ashkim aro har qatra qon bo‘lg‘an jigar har yon. (501-g‘azal, 5-bayt)
gul,barg
G‘aming nihon meni o‘lturdi zulm tig‘i bila, Erur bukun manga motamki, ayta olmasmen. (502-g‘azal, 5-bayt)
g‘am, zulm, motam
Barcha elga fitna bo‘lg‘an ko‘zga maftun bo‘lmayin, Har kishi nazzora aylar yuzni manzur etmayin. (504-g‘azal, 2-bayt)
yuz, ko‘z
Bulut birla yog‘in ermaski, ul oy hajrida har dam Tiya olmon damim dudin, yig‘a olmon ko‘zum yoshin. (505-g‘azal, 2-bayt)
bulut, yog‘in
Yuzungni tushta ko‘rar mumkin o‘lsa, istarmen Aningdek uyquki, andin so‘ng o‘lmag‘ay uyqu.(506-g‘azal,6-bayt)
tush, uyqu
Guljabinlik sarvqad mohim kerak, yo‘q sarv-u gul, Ul yuzu qadsiz manga ne ul keraklikdur, ne bu. (507-g‘azal, 3-bayt)
sarvi qad,sarvi gul
Qomat-u ruxsori komimdur, yo‘q ersa bog‘ aro Har taraf ko‘p saf tuzatgay sarvu gul qilg‘ay g‘ulu. (507-g‘azal, 4-bayt)
bog‘, gul
Yuzunga oshufta qoshlar bo‘lmasa oshiq nag‘u, Bo‘ldilar har qaysi bir devonai jo‘lida mo‘. (508-g‘azal, 1-bayt)
yuz, qosh
Istaram ul gulni serob-u bukim beob erur, Xasta ko‘nglum g‘unchadek qon bog‘lanibdur to‘bato‘. (509-g‘azal, 3-bayt)
gul, g‘uncha
Xating ermas, gul uzra sabzai bog‘i Eramdur bu, Ne sabza, kun yuzida tun savodidin raqamdur bu. (510-g‘azal, 1-bayt)
gul, bog‘i eram, sabza
Bog‘ tavfidin g‘araz andoqki bo‘lg‘ay sarv-u gul, Bizga ko‘yung ichra bor ul qadd-u ruxsor orzu. (511-g‘azal,6-bayt)
sarv, gul, bog‘
Zohido, boshtin ayog‘ing zarq erur, qo‘y pandkim, Besarupolarg‘a bo‘lmas kafsh-u dastor orzu. (511-g‘azal,10-bayt)
bosh, oyoq
Orzu aylar Navoiy ko‘yung ichra orazing, Zor bulbul aylagandek bog‘-u gulzor orzu. (511-g‘azal, 11-bayt)
bulbul, gulzor
Gul sochar yel bog‘ aro, sarvi ravonim keldimu, Jon isi guldin kelur, oromi jonim keldimu. (512-g‘azal, 1-bayt)
gul, sarv, bog‘
Vah, bu ne husn-u, jamolu ne latofatdur bu, Dema ishq ahliki, din ahlig‘a ofatdur bu. (513-g‘azal, 1-bayt)
husn, jamol, latofat
Ul pariy hozir-u ko‘zlardin erur g‘oyib hur, Shayx ani vasf qilur, ko‘r, ne xurofatdur bu. (513-g‘azal, 5-bayt)
pariy, hur
Dasht devonasig‘a men qiluram istiqbol, Chiqsa Majnung‘a, ne tong, g‘uli biyobon o‘tru. (515-g‘azal, 5-bayt)
dasht, biyobon
Soching rangi anbarmudur, mushki Chinmu, Labing ta’mi shakkarmudur, angabinmu .(516-g‘azal, 1-bayt)
soch, lab
Yuz uzra xay, gul uza shabnamin havas qilma, Bayozi shayb ila chun yog‘di boshing uzra qirov. (517-g‘azal, 6-bayt)
shabnam, gul, qirov
Ranjurdur ul ko‘yi firoqida Navoiy, Bulbul ne ajab g‘amzada gulzordin ayru. (518-g‘azal, 7-bayt)
ranj, firoq, g‘amza
Pok ishq ahli nechuk vasl aylagaylar orzu, Nomunosibdur balokashlarg‘a bo‘lmoq komjo‘. (519-g‘azal, 1-bayt)
ishq,vasl
So‘zi gar asr-u shirindur, tong ermas, Hadisi la’li shakkarboridur bu. (520-g‘azal, 4-bayt)
shirin, shakkabori
Qoshingg‘a "qoba qavsayn" oyatidin yo‘q nima alyaq, Sochingg‘a yo‘q savodi laylatul me’rojdin ashbah.(521-g‘azal,7-bayt)
qosh, soch
Yuzun ko‘r, qilmag‘il mujgon-u xatt-u xolidin nola, Ki bo‘lmas xorsiz gul, dudsiz o‘t, dog‘siz lola. (522-g‘azal, 1-bayt)
gul, lola
Dema bo‘lg‘ay o‘qlarimdin taning ichra necha paykon, Qatarotini yog‘inning kim etibdurur shumora. (523-g‘azal, 5-bayt)
o‘q, paykon
Kiribon oq uy aro jon qushini kuydurdung, Garchi fonusda sham’ o‘rtamadi parvona. (525-g‘azal, 2-bayt)
sham, parvona
Belga men zunnor bog‘labmen, vale xayli ajal, Vahki, sudrarlar, iliklar berkitib belbog‘ima. (527-g‘azal, 5-bayt)
bel, belbog‘
Maoli ilmida mendin ham erdi johilroq, Qayuki tutti o‘zin olam ichra alloma. (528-g‘azal, 6-bayt)
ilm, alloma
Hajrida barcha azob oyatlari sha’nimdadur, Barcha rahmat oyatidek nozil aning shonida. (530-g‘azal, 6-bayt)
hajr, azob
Dayr piri soqi-yu may birla tirguzdi meni, Hur-u kavsar hasratidin o‘ldi shayxi xonaqoh. (531-g‘azal, 7-bayt)
soqiy, may
O‘zgalar bog‘indadur navras niholim bu kecha, Tongg‘a tegr-u o‘zgadur har lahza holim bu kecha. (534-g‘azal,1-bayt)
bog‘, nihol
Labing o‘pmakka haddim yo‘q vale lutf aylasang oncha Ki, munglug‘ ko‘zlarimni surtsam qoshu qaboqingg‘a. (535-g‘azal, 5-bayt)
lab, ko‘z, qosh-u qaboq
Yo‘qki, za’fimdin unum chiqmasda rahm etmas ul oy, Ko‘kka ham yetkanda nolam, yetmadi faryodima. (536-g‘azal, 3-bayt)
za’fim, faryodim, nolam
Tushda vasli bo‘lsa gar xud barcha so‘ngg‘i uyqudur, Ey Xizr, hayvon suyi ichmakka bedor aylama. (537-g‘azal, 5-bayt)
tush, uyqu, bedor
Soqiyo, tortay kabutar dam, ketur bir bodakim, Bir kabutarboz uchun o‘ldum g‘amu mehnat bila. (538-g‘azal, 5-bayt)
soqiy, boda,
Ne kun bo‘lg‘ay yangi oydek taning bo‘lg‘ay to‘lun oykim, To‘la sog‘ar chekarga bazm tuzsang mohi tob ichra. (539-g‘azal, 7-bayt)
oy, moxi tob
G‘uncha gul ichra gahe paydo bo‘lur gulzorda, Bo‘lmadi hargiz ayon og‘zing sening ruxsorda.(542-g‘azal,1-bayt)
g‘uncha, gul, gulzor
Nuqtai mavhumni yuz qism farz etsang birin, Desa bo‘lmas bor aning yo‘q og‘zining miqdoricha.(543-g‘azal,3-bayt)
yuz, og‘iz
May quyoshin dayr aro har dam chekar bo‘lsam, ne g‘am, Gar quyosh tig‘in falak har dam chekar bedodima. (544-g‘azal, 6-bayt)
quyosh, falak
Eyki, debsen yer yuzini lolazor etmish bahor, Go‘yiyo ko‘z solmading bu diydai xunborg‘a. (545-g‘azal, 2-bayt)
lolazor, bahor
Dahr aro oshubdurkim, chiqmish ul bebok mast, Egnida to‘n o‘zgacha, boshida dastor o‘zgacha. (545-g‘azal, 3-bayt)
to‘n, dastor
Ey Navoiy, ko‘k qizib bo‘lmish qizil, ermas shafak, Shu’la o‘tlardinki, ohing ayladi fosh ostig‘a. (550-g‘azal, 7-bayt)
shu’la, o‘t; ko‘k, shafaq
Bog‘bon qadd-u yuzungni ko‘rsa bog‘ ichra, ne tong, Sarvini gar o‘tg‘a yoqsa, gulni barbod aylasa. (551-g‘azal, 3-bayt)
bog‘bon, bog‘, sarv, gul
Saloh to‘nini chok etsa yaxshiroq, ey shayx, Riyo yuruni bila xirqani yamatquncha. (552-g‘azal, 6-bayt)
to‘n, xirqa
Base ashk oqizding, ey ko‘z, bas etkim, Yiqilmasun ustunga vayrona nogah. (553-g‘azal, 2-bayt)
ashk, ko‘z
Ne sud gulshan aro ichmaking nihon boda Ki, yuzda gullar ochardin bo‘lur ayon boda. (554-g‘azal, 1-bayt)
gulshan, gul
Charx uza har yon shihob ermaski, ko‘kning holima Yosh to‘kar har lahza chashmi ashkbori bu kecha. (555-g‘azal, 3-bayt)
yosh to‘kmoq, chashm
Gulning atrofida yuz g‘uncha degil zohir etar, Orazing davrida ul zulfi dilovez yana. (556-g‘azal, 2-bayt)
gul, g‘uncha,
Dardlar ko‘nglumga yuzlansun, balolar jonima, Gar ikkisin istamas bo‘lsam fido jononima. (558-g‘azal, 1-bayt)
dardlar, balolar
Ey ko‘ngul, xalq jafosin yetkururdin o‘lgung, Emdi temon seni afg‘on cheku faryod ayla. (559-g‘azal, 4-bayt)
afg‘on, faryod
Kimki istar nomaye sabru salomat boqmasun Xo‘blar xol-u xatdin nuqtau a’robg‘a. (561-g‘azal, 5-bayt)
noma, xat
Uyquda orom yo‘q tun-kunki, aksin topmadim, Tun qamar mir’otida, kunduz quyosh ko‘zgusida. (563-g‘azal, 4-bayt)
tun, qamar, quyosh, kunduz
Bas ajab suvratdurur, qaysig‘a jon aylay fido, Suvrating naqshig‘a yo ul naqshning naqqoshig‘a. (564-g‘azal, 4-bayt)
suvrat, naqsh, naqqosh
Ko‘nglum ichra but g‘ami, kufr ichra o‘lsam yaxshiroq, Ahli din ollinda borg‘uncha bu islomim bila. (566-g‘azal, 6-bayt)
ahli din, islom
Shabobu ishq-u bahoru firoqdur, ey shayx, Bo‘lurmu zuhd ila tavba bu nav’ umur bila. (567-g‘azal, 5-bayt)
zuhd, tavba
Tun aqshom uylakim bo‘lg‘ay shafaq ichra quyosh pinhon, Kirar har shom ul gulchehra shodravoni ol ichra. (568-g‘azal, 6-bayt)
tun, shafaq, shom, quyosh
Falak ul oynikim mendin yiroq solg‘an bila o‘ldum, Tirilmak mushkil ermas emdi bozovardliq qilsa. (569-g‘azal, 5-bayt)
falak, oy
Bas tiyra erdi subhidamim shomi g‘amg‘acha, To shomi g‘amda naylagamen subhidamg‘acha. (570-g‘azal, 1-bayt)
subhidam, shom.
Boshimg‘a shu’lai hijron tutashqandin emas ogah, Visol avji uza boshig‘a oltun toj qo‘yg‘an shah. (571-g‘azal, 1-bayt)
oltin toj, shah
Ulki ashkim bahri to‘fonida qoldi, yetmagay, Nuh umri sursa jismi zavraqin sohilg‘acha. (572-g‘azal, 5-bayt)
bahri to‘fon, nuh, sohil
Bir qadah quymoq bila og‘zimg‘ayu xirqamg‘a ham, Xirqa mayg‘a rahn o‘zumni boda paymo qildilo. (573-g‘azal, 5-bayt)
qadah, may, boda
Ne sud emdi ayog‘imdin tikon chekmaklik, ey mushfiq Ki, toshlar birla ko‘ksumga qoqilmish hajr mismore. (576-g‘azal, 5-bayt)
ayoq, ko‘ksi
Vasli jomidin xumori hajr chun daf’ o‘lmadi, O‘zni o‘lmastin burun mayxona sari yetkuray. (577-g‘azal, 6-bayt)
jom, xumor, mayxona
Men-u, mug‘ dayri-yu jomi fano, zohidg‘a man’im yo‘q, Yachib kavsar suyidin, bog‘i jannat bo‘lsa ma’vosi. (578-g‘azal,10-bayt)
kavsar, zohid, fano, bog‘i jannat
Rishtai jonim uzdi mutribi bazm, Uzsa torin nachukki soz ahli. (579-g‘azal, 5-bayt)
tor, soz
Qaysi gul bedodi bir bulbul parin sovurdikim, Charx zulmi ham aning yafrog‘larin sovurmadi. (580-g‘azal, 6-bayt)
gul, bulbul, yafroq
Navoiyo, yomon eltur chu noladin ul gul, Ne sud, bulbul agar aylasa fig‘on yaxshi. (581-g‘azal, 9-bayt)
gul, bulbul; fig‘on, afg‘on
Xumori hajrdin, ey soqiyi bazm, Qadahkim, chiqqali jonim yovushti. (582-g‘azal, 2-bayt)
soqiy, qadah
Men kishi ermon junun ichra, yo‘q ersa ko‘rguzur Odamiliq ul pariy paykar, malaksiymo, base. (584-g‘azal, 5-bayt)
pari-paykar, malaksiymo
Agarchi sarvg‘a gul qildi bog‘bon payvand Va lek sarv qadi gulruxumcha yo‘q yo‘suni. (585-g‘azal, 7-bayt)
sarv, gul, bog‘bon, payvand
Kosh bo‘lsa har tugan jismimda javshan yafrog‘i Kim, o‘qi ko‘nglumga yetkach, o‘tmasa tandin dog‘i. (588-g‘azal, 1-bayt)
jism, ko‘ngul, tan
Qatl hangomi shahidingkim ko‘tardi barmog‘in, Go‘yi aning oti mundindur shahodat barmog‘i. (589-g‘azal, 5-bayt)
qatl, shahid, shahodat
Meni sargashta emon vodiyi hijrondaki, bor G‘ussa tufrog‘iyu anduh yelining quyuni. (590-g‘azal, 3-bayt)
vodiy, tufrog‘, yel, quyun
Charx qasrinda quyosh uzra ko‘ngul mayl aylamas Kim, g‘animat tutmish aning soyai devorini. (592-g‘azal, 6-bayt)
charx, quyosh, soya