Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati

Manga vafo qilur ersang, shitob qil, ey umr, Nedinki, umr degan bevafo shitobdadur. (188-g‘azal, 5-bayt)

vafo – bevafo

Garchi xor etti meni dayri fano ahli aro, Bul musulmonlar aro, ey nomusulmonim aziz. (201-g‘azal, 5-bayt)

musulmon – nomusulmon

Davo chun mumkin emas ishq dardig‘a, vahkim, Iloj topmadi bu dardi bedavo hargiz. (202-g‘azal, 5-bayt)

davo – bedavo

Sanga zamon elidin yetsa ko‘p jafo muni dey, Ki kim ko‘rub edi bu xayldin vafo hargiz. (202-g‘azal, 8-bayt)

vafo – jafo

Tilarbiz shifo bir Masiho nafasdin, Ki bu ko‘hna dayr ichra bemorlarbiz. (203-g‘azal, 3-bayt)

shifo – bemor

Jamol mulkida sen husn shohi, men munglug‘, Shah etsa rahm ne tong, chun erur gado ojiz. (205-g‘azal, 6-bayt)

gado – shah