Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati

Shikebu sabr ila begonalig‘lar aylab ko‘p, Balovu dard bila behad oshnolig‘lar. (179-g‘azal, 2-bayt)

oshno – begona

Seni ko‘ngul birla jon kishvarida shoh aylab, Xayol birla qilurmen ajab gadolig‘lar. (179-g‘azal, 4-bayt)

gado – shoh

Qadah keturki, necha dahr eliga ko‘rguzsang Vafo, natija emas g‘ayri bevafolig‘lar. (179-g‘aza, l 5-bayt)

vafo – bevafo

Pinhon-u oshkor Navoiydin o‘lmag‘i – Gohe jafo qilib, yana gohe uyoladur. (185-g‘azal, 7-bayt)

pinhon – oshkor

Ishq dashtida ko‘rungan yerda tushmish erdi o‘t, Bildim – anda o‘tdur, andin bilmadim nori nedur? (186-g‘azal, 5-bayt)

bildim – bilmadim

Tun-u kun oq-u qarosin naylayin menkim, manga Orzu bir xatti sabz-u orazi gulfomdur. (187-g‘azal, 3-bayt)

tun – kun, oq – qaro