 
            Alisher Navoiy korpusi
 
            
            
            
  
        "Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
                    Agar buzdi Navoiy ko‘nglini ul bevafo, tong yo‘q,                                                    Vafo ahli uyin chun ishq obod etmadi hargiz. (218-g‘azal, 9-bayt)
                       
                    
                
                vafo – bevafo
                    Aso tutub ne iloj aylagay gadoki, bo‘lur                                                                          Chu vaqti yetti – falakqadr podsholar ko‘j. (222-g‘azal, 5-bayt)
                       
                    
                
                gado – podsho
                    Vah, ne holatdurki, ul husn aylasa har kimni shod,                                                          Ishq mendin o‘zgani bu ishda g‘amgin aylamas. (225-g‘azal, -bayt)
                       
                    
                
                shod – g‘amgin
                    Yo‘q damekim, furqati jonimg‘a bedod aylamas,                                                      G‘ayrni shod etkali ko‘nglumni noshod aylamas. (226-g‘azal, 1-bayt)
                       
                    
                
                shod – noshod
                    Bevafolar rag‘mig‘a sevdim parini, ey ko‘ngul,                                                            Kim vafo izhori jinsi odamizod aylamas. (226-g‘azal, 6-bayt)
                       
                    
                
                vafo – bevafo
                    Oqibat chun ayruluqdur, ul kishi aylar g‘alat,                                                             Kim visoli ichra o‘zin hijrong‘a mu’tod aylamas. (226-g‘azal, 7-bayt)
                       
                    
                
            visol – hijron
 
    