 
            Alisher Navoiy korpusi
 
            
            
            
  
        "Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
                    Dahr bo‘stonida gulgun xona qilsang orzu,                                                         Bodai gulrang quyg‘on kulbai xammor bas. (236-g‘azal, 6-bayt)
                       
                    
                
                gulgun – xonakulba
                    Anga yo‘q ishq birla oshnoliq,                                                                               Ki aql-u hushtin begona bo‘lmas. (237-g‘azal, 3-bayt)
                       
                    
                
                oshno – begona
                    Qadahni yaxshi to‘lo aylamaysen, ey soqiy,                                                                  Xumor mehnatidin  holatim yomon-mu emas. (239-g‘azal, 6-bayt)
                       
                    
                
                yaxshi – yomon
                    Menga nomehribon yor o‘zgalarga mehribon ermish,                                                              Mening jonim olib, agyorg‘a oromijon ermish. (259-g‘azal, 1-bayt)
                       
                    
                
                mehribon – nomehribon
                    Agarchi men yomonmen, yaxshidurkim mu’tarifdurmen,                              O‘zin yaxshi tasavvur aylagan mendin yomon ermish. (259-g‘azal, 8-bayt)
                       
                    
                
                yaxshi – yomon
                    Agarchi dahr elida mehr yo‘q, sipehr etmish                                                                 Bu ishni ul mahi nomehribon uchun taxsis. (273-g‘azal, 6-bayt)
                       
                    
                
            mehr – nomehribon
 
    