
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
Shart ila da’vo fano ichra emas sharti adab, Beadablig‘dindur, etsa shayx da’vivor shart. (280-g‘azal, 6-bayt)
adab – beadab
Men o‘lub ul yaxshilar sultonining hijronida, Ul topib jon aylaganda men yomon birlan vido‘. (289-g‘azal, 5-bayt)
yaxshi – yomon
Ayladim ko‘p mehribon birla vido-yu o‘lmadim, Vah, o‘larmen, qilsam ul nomehribon birlan vido‘. (289-g‘azal, 6-bayt)
mehribon – nomehribon
Ishq ko‘yining gadoyimenkim, anga tengdurur Shoh esa zarbaftlig‘ yo soyil o‘lsa jandalig‘. (298-g‘azal, 6-bayt)
gado – shoh
Jununni tark etibon oqil o‘l, dedi zohid, Bo‘lur emish bani Odamg‘a muncha nodonlig‘. (301-g‘azal, 6-bayt)
oqil – nodon
Vasl aro hijron yoshurdi ishq ko‘nglum qatlig‘a, Mezbon zahr ezdi sug‘a, topmayin mehmon vuquf. (305-g‘azal, 3-bayt)
vasl – hijron