Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati

Solur dinim uyiga kofire har lahza vayronliq, Musulmonlar, bu shahr ichra magar yo‘qtur musulmonliq. (316-g‘azal, 1-bayt)

kofir – musulmonlar

Vafoga chunki jafodur evaz, xush ul forig‘, Ki ishq kishvarig‘a tushmamish guzori aning. (341-g‘azal, 4-bayt)

vafo – jafo

Shoh bazmi ichra chun loyiq emas ermish gado, Ey xirad, nevchun burunroq bizga imo qilmading?! (354-g‘azal, 5-bayt)

gado – shoh

Ne bo‘ldi dardima, ey bevafo, davo qilsang, Vafog‘a va’da qilib, va’dag‘a vafo qilsang. (357-g‘azal, 1-bayt)

vafo – bevafo

Bo‘lmas ul begonavash chun oshno, bo‘l, ey ko‘ngul, Bir kishiga oshnokim, oshnosidur aning. (359-g‘azal, 2-bayt)

oshno – begona

Ey musulmonlar, fig‘onkim, kofire ko‘nglumdadur, Kim emas jon rishtasidin o‘zga zunnori aning. (360-g‘azal, 6-bayt)

kofir – musulmonlar