
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
Mening firoqimu aning visoli tun bila tong, Bu nav’ dahrda yo‘q ehtimole tun bila tong. (363-g‘azal, 1-bayt)
tun – tong
G‘arib zulf-u yuz ermasmukim, jahon eliga Ko‘runmamish bu ikining misoli tun bilan tong. (363-g‘azal, 2-bayt)
tun – tong
Tongim yorug‘-u tunum tiyradurki, chirmashadur Ko‘ngul aro yuz-u zulfung xayoli tun bila tong. (363-g‘azal, 3-bayt)
tun – tong
Ne tunda aysh nasimi, ne tongda mehr, magar Ki bo‘ldi zulf-u yuzung poymoli tun bila tong. (363-g‘azal, 4-bayt)
tun – tong
Tunung xujasta, tonging qutlug‘ o‘lsun, ey mahvash, Ki ikki banda sanga bo‘ldi xoli tun bila tong. (363-g‘azal, 5-bayt)
tun – tong
Biravki, tong-u tunin boda birla o‘tkargay, Yaqinki, bo‘lmag‘ay oning maloli tun bila tong. (363-g‘azal, 6-bayt)
tun – tong