Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati

Navoiy etmadi zulfu yuzung visoling kashf, Valek erur g‘amining ittisoli tun bila tong. (363-g‘azal, 7-bayt)

tun – tong

Necha dinim uzra titray dilrabolar ko‘yida, Ey musulmonlar, bo‘lubmen kofiristondin malul. (364-g‘azal, 4-bayt)

kofir – musulmonlar

Ey ko‘ngul, fikringni qilkim, do‘st-u dushmanlar yuzun Ko‘rmas erdi, bo‘lmasa sen zori hayrondin malul. (364-g‘azal, 6-bayt)

do‘st – dushmanlar

Ko‘yi sayrida ko‘rub oni muloyim g‘ayr ila, Ravzai jannat aro do‘zax azobimni degil. (366-g‘azal, 3-bayt)

jannat – do‘zax

Biymi hijroning ila necha qilursen g‘amnok, Netti bir mujdai vasling bila ham shod etgil. (369-g‘azal, 2-bayt)

hijron – vasl

Jonima ming dard solding, ayla mingdek birni daf’, Aytmon anda davo ham dardni solgancha qil. (375-g‘azal, 3-bayt)

davo – dard