
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
Va’dai mehrin manga yuz qatla yolg‘on etti charx, Sen dog‘i bemehrlik qilsang, yuz ul yolg‘ancha qil. (375-g‘azal, 6-bayt)
mehr – bemehr
G‘amza tig‘idinki ko‘nglumni qavarsen oshkor, Chin esa qullob, zulfung birla pinhon chekmagil. (377-g‘azal, 5-bayt)
oshkor – pinhon
Navoiy, istasa dilbar seni firoq ichra, Murod topma, agar xud muroding o‘lsa visol. (378-g‘azal, 7-bayt)
firoq – visol
Ishqing o‘tidin tanim kul bo‘ldi, ey badmehr, bil, Mehr uyi qilsang bino, ul kul bila tarh aylagil. (382-g‘azal, 1-bayt)
badmehr – mehr
Zamon ashobining hajri qoshimda vaslidin xushroq, Ki xushroqdur visolimdin alar ollida hijronim. (400-g‘azal, 8-bayt)
visol – hijron
Sahar ko‘rdum yuzin – aqshomgacha kuydi hazin jonim, Bu erdi subhi vaslim to ne bo‘lg‘ay shomi hijronim. (402-g‘azal, 1-bayt)
vasl – hijron,