Alisher Navoiy korpusi
"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
Ey Navoiy, zulmkim, nomehribonim mohim qilur, Mehribon shohimni ko‘rgach, qichqirib dod aylaram. (422-g‘azal, 9-bayt)
mehribon – nomehribon
Ketur piyolaki, har nechakim vafo qildim, Jafodin o‘zga ulustin yo‘q erdi podoshim. (426-g‘azal, 6-bayt)
vafo – jafo
Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin kurmadim?! Ko‘rguzub yuz mehr, ming dard-u balosin ko‘rmadim?! (434-g‘azal, 1-bayt)
vafo – jafo
Kimga boshimni fido qildimki boshim qasdig‘a Har vafoga yuz jafo oning jazosin ko‘rmadim?! (434-g‘azal, 2-bayt)
vafo – jafo
Shomi vaslingni ko‘rub, subhi dilafro‘z dedim, Subhi hajringg‘a yetib, shomi jigarso‘z dedim. (437-g‘azal, 1-bayt)
vasl – hijron
Teng ko‘rundi ko‘zum-a vasl aro qad-u zulfung, Kecha kunduzni ko‘rub teng, ani Navro‘z dedim. (437-g‘azal, 2-bayt)
kecha – kunduz