Alisher Navoiy korpusi
            
            
            
  
        "Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
                    Yaxshilardin yaxshidur yorim, ne nav’ aylay tama’                                                 Vaslin oning, menki bordurmen yomonlardin yomon. (442-g‘azal, 5-bayt)
                       
                    
                
                yaxshi – yomon
                    Vafo ahli ersang, ich davr ayog‘i                                                                             Kim asru bevafodur ahli davron. (446-g‘azal, 6-bayt)
                       
                    
                
                vafo – bevafo
                    Jahon osoyishin ollingda mushkil qilmakim, bordur                                                                  Tutay mushkil desang – mushkil va gar oson desang – oson. (452-g‘azal, 7-bayt)
                       
                    
                
                mushkil – oson
                    Tengdur shah-u gado xatikim, duda birdurur                                                                         Shah bazmi sham’idin, dag‘i gulxan charog‘idin. (462-g‘azal, 3-bayt)
                       
                    
                
                shah – gado
                    Vafo yo‘linda, eykim, topmading istab asar mendin,                                                   Degaysen bilganing ul bevafo so‘rsa xabar mendin. (464-g‘azal, 1-bayt)
                       
                    
                
                vafo – bevafo
                    Ey musulmonlar, fig‘on ul kofiri xudkomdin,                                                              Kim chiqardi ko‘kka afg‘on lashkari islomdin. (467-g‘azal, 1-bayt)
                       
                    
                
            musulmon – kofir