Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati

Oshnolar ta’ni ishqida halok aylar meni, Muncha shiddatliq emas, nekim kelur begonadin. (494-g‘azal, 2-bayt)

begona – oshno

Qarig‘an chog‘da bir mahvash yigit shaydosi bo‘lmishmen Ki ishqidin qari birla yigit rasvosi bo‘lmishmen. (496-g‘azal, 1-bayt)

qari – yigit

Navoiydek qarig‘anda yigit bo‘lsam tong ermaskim, Qarig‘an chog‘da bir mahvash yigit shaydosi bo‘lmishmen. (496-g‘azal, 7-bayt)

qari – yigit

Kecha asr-u muztar erdim, vahki, shaydomen bukun, Tun xud o‘tti, lek onsiz noshikibomen bukun. (497-g‘azal, 1-bayt)

kecha – bukun

Navoiy sabr-u ishqidin ul oy forig‘durur, ya’ni Xabar yo‘qtur anga bu benavoning yo‘qu boridin. (498-g‘azal, 9-bayt)

yo‘qu – bori

Jannat o‘lsa maskanim ko‘yung tilarmen uylakim, Do‘zax ahli aylagay jannatqa izhor orzu. (511-g‘azal, 5-bayt)

jannat – do‘zax