
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
Donish ahli kaffasida kelturur nodonni charx, Fikri yo‘qkim, rost kelmas bu xirad mezonida. (530-g‘azal, 7-bayt)
donish – nodon
Bir xarob o‘lg‘ayki, hargiz topmag‘ay obodliq, Kimki qilsa bir guzar kunji xarobodima. (536-g‘azal, 8-bayt)
xarob – obodliq
Ey musulmonlar, yeting faryodimakim, kofire Jon-u ko‘nglum oldi, emdi so‘z borur imon uza. (547-g‘azal, 5-bayt)
musulmonlar – kofire
Yor agar bazmi aro g‘amginlarin shod aylasa, Rozi o‘ldum, kosh men g‘amginni ham yod aylasa. (551-g‘azal, 1-bayt)
g‘amgin – shod
Biravki yaxshi-yomon ranjidin farog‘ istar, Icharda talg‘amadik yaxshi, gar yomon boda. (554-g‘azal, 8-bayt)
yaxshi – yomon
Bu chaman gullarida yo‘q chu vafo, ey bulbul, Zor ko‘nglungni vafo xorig‘a mu’tod ayla. (559-g‘azal, 5-bayt)
gul – xor