Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati

Ne voqif vasl Misri ichra manzil aylagan shohe Gadodinkim, anga vayronai hajr o‘ldi manzilgah. (571-g‘azal, 5-bayt)

shoh – gado

Tut, ey soqiy, fano jomiki, ishq ollinda yaksondur, Agar fosiq, vagar zohid, vagar bo‘lsun gado, gar shah. (571-g‘azal, 8-bayt)

shoh – gado

Ohkim chektim, ko‘rub javlonini beixtiyor, Yoshurun ishqim ulusqa oshkoro qildilo. (573-g‘azal, 4-bayt)

yoshurun – oshkor

Yaxshilar ichra vatan tutsa Navoiy, ne tong, Kimki yomonlar bila bo‘ldi, yomon bo‘ldilo. (574-g‘azal, 7-bayt)

yaxshi – yomon

Tuzmakimdin charx ojizdur, nedinkim qilmamish, Lutfi tutqan chog‘da obod etgudek vayron meni. (575-g‘azal, 2-bayt)

obod – vayron

Vasli jomidin xumori hajr chun daf’ o‘lmadi, O‘zni o‘lmastin burun mayxona sori yetkuray. (577-g‘azal, 6-bayt)

vasl – hajr