Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati

Bilki ne ajz-u niyoz oyin-u rasm etgan qari, Qolg‘usi ne noz-u istig‘no-yu sor etgan yigit. (81-g‘azal, 8-bayt)

qari – yigit

Zulmungga bo‘lsam zabun yuz vajh ila, ne aybkim, Sen g‘anisen – men gado, sen shah – men ahli ehtiyoj. (94-g‘azal, 5-bayt)

gado – shoh

Fano mayxonasida qil gadolig‘, Desangkim, bo‘lmayin sultong‘a muhtoj. (95-g‘azal, 7-bayt)

gado – sulton

Yetib munglug‘ ko‘ngul vaslig‘a hech o‘z holini bilmas, Ajab ermas gado o‘zni itursa, podsho ko‘rgach. (96-g‘azal, 2-bayt)

gado – podsho

Zamon ahli vafosizliq bila gar qildilar qatlim, Farah topqay magar ruhum, alar da’bi vafo bo‘lg‘ach. (96-g‘azal, 8-bayt)

vafosizliq bila – vafo bo‘lg‘ach

Ishq aro andoq zabundurmenki, aylarlar manga Ham gado, ham shoh kuch, ham yor-u ham ag‘yor kuch. (98-g‘azal, 7-bayt)

gado – shoh, yor – ag‘yor