Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati

Har nechakim sanga jafoda rusux, Men jafokashgadur vafoda rusux. (112-g‘azal, 1-bayt)

vafo – jafo

Ko‘ngulning xonumonin berdi barbod G‘ami ishqingki, xonumoni obod. (117-g‘azal, 1-bayt)

barbod – obod

Firoqing kunjida tun-kun erurmen G‘amingdin shod-u mendin ham g‘aming shod. (117-g‘azal, 3-bayt)

tun – kun

Yor vaslidin uzub erdim meni shaydo umid, Shoh lutfi qo‘ymadi shaydo ko‘ngulni noumid. (118-g‘azal, 1-bayt)

umid – noumid

Olloh-Olloh, ne balo ul husn erur mardumfirib, Kim ani ko‘rgach bo‘lur ham yor-u ham ag‘yor sayd. (119-g‘azal, 3-bayt)

yor – ag‘yor

Qading deb sarvni jon bo‘lsa xursand, Ajab yolg‘ondur, ammo rostmonand. (123-g‘azal, 1-bayt)

yolg‘on – rost