
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
To‘sh-to‘shumdin dushman-u yo‘q do‘stdin qat’o umid, Qilma, yo rab, do‘stdin dushmanni mendek noumid. (127-g‘azal, 1-bayt)
dushman – do‘stdin, umid – noumid
Ham ayog‘ida o‘tuk, ham boshida dastori tund, Oshiq o‘lturmak uchun boshtin ayog‘i bori tund. (128-g‘azal, 1-bayt)
bosh – ayog‘
Bilsam erdi bir zamonlig‘ hajr dardi shiddatin, Yuz yil o‘lsa vasl davri, qilmas erdim ixtiyor. (133-g‘azal, 5-bayt)
hajr – vasl
Ishq vodiysidin ayr-u kim erur mo‘r ajdaho, Ko‘rmadur shahkim, gado ollinda shay’allohi bor. (134-g‘azal, 7-bayt)
gado – shoh
Ey musulmonlar, erur ko‘nglumda bir kofir g‘ami, Kim erur boiski, taqvo jonibi ikrohi bor. (134-g‘azal, 8-bayt)
musulmon – kofir
Ey Navoiy, hajr bedod-u jafosidin ne g‘am, Har gadokim, Xusravi G‘oziydek oning shohi bor. (134-g‘azal, 9-bayt)
gado – shoh