
Alisher Navoiy korpusi

"Badoye` ul-vasat" devoni g`azallaridagi baytlarda qo`llanilgan tazod san`ati
Aning murodi murodimdurur, agarchi murod Anga budurki, Navoiyni nomurod etadur. (147-g‘azal, 9-bayt)
murod – nomurod
Shahdur gadoyi maykada, yo‘q-yo‘q, g‘alat dedim, Shahni gadolar anda qachon ko‘zga ildilar. (155-g‘azal, 6-bayt)
gado – shah
Bevafolar o‘t, vafo ahli erur tufrog‘kim, Charxdin ul sarkash o‘ldi, bu dog‘i pomoldur. (160-g‘azal, 8-bayt)
vafo – bevafo
Ey falak, hijron g‘amidin xotirim noshod erur, G‘ayri vasl ar saltanat bersang, manga bedod erur. (163-g‘azal, 1-bayt)
hijron – vasl
Forig‘-u ozoda bilmas mubtalolardin xabar, Shoh ko‘nglida qachon bo‘lg‘ay gadolardin xabar. (169-g‘azal, 1-bayt)
gado – shoh
Tuzgamen, har necha bo‘lsa tiyra hijron tunlari, Gar yaqin bilsamki, ayyomi visol ollimdadur. (178-g‘azal, 3-bayt)
hijron – vasl